Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » “KAMBAG‘ALLIKDAN FAROVONLIK SARI” DASTURI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI

“KAMBAG‘ALLIKDAN FAROVONLIK SARI” DASTURI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI

08 октябрь 2024 йил
56
0

Prezidentimiz tomonidan “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi.

Davlatimiz rahbarining ushbu farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Forish tuman hokimligi majlislar zalida Jizzax viloyat hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Abdivali Mustanov, Forish tuman hokimi Ikrom Matiyevlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda sektor rahbarlari, viloyat tijorat banklari rahbarlari, kambag‘al oilalarga biriktirilgan korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda mazkur jarayonda kambag‘al oilalarning mavjud muammolariga e’tibor qaratish, kambag‘allikdan chiqarish, tomorqadan samarali foydalanish, ishtiyoqi bor shaxslarning o‘zini o‘zi band qilishga va tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish, kasb-hunarga o‘qitish, bo‘sh ish o‘rinlari topib ishga joylashtirish, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolarga banklardan kredit olishda ko‘maklashish yuzasidan mas’ullarga tavsiya va yo‘l-yo‘riqlar berildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар