FUQAROLAR MUROJAATLARI IJOBIY YECHIM TOPMOQDA
Forish tuman hokimi, hokim o‘rinbosarlari tomonidan har hafta aholi qabullari o‘tkazilib, unda aholi muammolari tinglanmoqda va ularni tegishli korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirokida hal etish yo‘llari izlanmoqda.
Bu galgi aholi qabuli Forish tuman hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Shavkat Uzoqov tomonidan o‘tkazildi. Qabulda 8 nafar fuqarolar tomonidan bandlikni ta’minlash, uy-joy masalasi, bankdan kredit ajratish, elektr energiya ta’minoti, tadbirkorlik qilish uchun yer ajratish, davolanishda ko‘maklashish va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar tinglandi.
Qabul davomida fuqarolarning 8 ta murojaatidan 7 tasi tegishli korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari tomonidan joyida qanoatlantirildi.
Qolgan 1 ta murojaat tegishli tashkilotga ko‘rib chiqish va ijro etish uchun topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.