Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISH TUMANIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR ATROFLICHA MUHOKAMA QILINDI

FORISH TUMANIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR ATROFLICHA MUHOKAMA QILINDI

18 сентябрь 2024 йил
7
0

Forish tumanida Prezident adminstratsiyasi vakillari, Jizzax viloyat hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikini qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Abdivali Mustanov Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev, 4 ta sektor rahbarlari va tegishli mutasaddi rahbarlar ishtirokida tumanda 2024 – 2025 kuz-qish mavsumiga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda viloyat hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Abdivali Mustanov so‘zga chiqib, kuz-qish mavsumiga har tomonlama puxta taraddud ko‘rish va uni betalofat o‘tkazishda kommunal, ijtimoiy va iqtisodiy soha tashkilotlari oldida turgan muhim vazifalar haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, aholi xonadonlarini kuz-qish mavsumiga hozirlash, kuz-qish mavsumida turli ko‘ngilsiz hodisalarning sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, bu borada aholi o‘rtasida keng targ‘ibot tadbirlarini olib borish lozimligini ta’kidladi.

Mutasaddi rahbarlarga zarur topshiriq va tavsiyalar berdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар