Prezidentimiz tomonidan “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi.
Davlatimiz rahbarining ushbu farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Forish tuman hokimligi majlislar zalida Jizzax viloyat hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Abdivali Mustanov, Forish tuman hokimi Ikrom Matiyevlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda sektor rahbarlari, viloyat tijorat banklari rahbarlari, kambag‘al oilalarga biriktirilgan korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda mazkur jarayonda kambag‘al oilalarning mavjud muammolariga e’tibor qaratish, kambag‘allikdan chiqarish, tomorqadan samarali foydalanish, ishtiyoqi bor shaxslarning o‘zini o‘zi band qilishga va tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish, kasb-hunarga o‘qitish, bo‘sh ish o‘rinlari topib ishga joylashtirish, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolarga banklardan kredit olishda ko‘maklashish yuzasidan mas’ullarga tavsiya va yo‘l-yo‘riqlar berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.