Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » AHOLI MUAMMOLARI MULOQOTLAR DAVOMIDA IJOBIY YECHIM TOPMOQDA

AHOLI MUAMMOLARI MULOQOTLAR DAVOMIDA IJOBIY YECHIM TOPMOQDA

17 ноябрь 2023 йил
153
0

Forish tuman hokimi, hokim o‘rinbosarlari tomonidan har hafta aholi qabullari o‘tkazilib, unda aholi muammolari tinglanmoqda va ularni tegishli korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirokida hal etish yo‘llari izlanmoqda.

Bu galgi aholi qabuli Forish tuman hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Shavkat Uzoqov tomonidan o‘tkazildi. Qabulda 15 nafar fuqarolar tomonidan bandlikni ta’minlash, uy-joy masalasi, bankdan kredit ajratish, elektr energiya ta’minoti, tadbirkorlik qilish uchun yer ajratish, davolanishda ko‘maklashish va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar tinglandi.
Qabul davomida fuqarolarning 15 ta murojaatidan 13 tasi tegishli korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari tomonidan joyida qanoatlantirildi.

Qolgan 2 ta murojaatlar tegishli tashkilotlarga ko‘rib chiqish va ijro etish uchun topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

FUQAROLAR MUROJAATLARI IJOBIY YECHIM TOPMOQDA
10 ноябрь 2023, Пятница
FUQAROLAR MUROJAATLARI IJOBIY YECHIM TOPMOQDA
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар