Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » BOLALAR JIZZAX SHAHRIDAGI O‘RDA BOG‘IGA SAYOHAT QILISHDI

BOLALAR JIZZAX SHAHRIDAGI O‘RDA BOG‘IGA SAYOHAT QILISHDI

03 июнь 2024 йил
17
0

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan milliy gvardiyaning Forish tumanida faoliyat yuritayotgan inspektor psixologlari tashabbusi bilan “Uchma” mahallasida joylashgan oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari Jizzax shahridagi O‘rda ekologik bog‘iga sayohat qilishdi.

Bu yerda tarbiyalanuvchilar bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan atroflicha tanishishib, bir olam taassurotlar bilan qaytishdi.

Inspektor psixologlar tomonidan o‘quvchilarning yozgi ta’til mavsumida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida bolalar o‘rtasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasida ham ishlar olib borilmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар