Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISH TUMAN HOKIMI “BOG‘DON” MAHALLASIDA JOYLASHGAN “BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABIDA BO‘LIB, UNING FAOLIYATI BILAN TANISHDI

FORISH TUMAN HOKIMI “BOG‘DON” MAHALLASIDA JOYLASHGAN “BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABIDA BO‘LIB, UNING FAOLIYATI BILAN TANISHDI

04 декабрь 2023 йил
63
0

Forish tuman hokimi Ikrom Matiуev tumanning 1-sektor hududidagi “Bog‘don” mahallasida joylashgan “Barkamol avlod” bolalar maktabida bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida “Barkamol avlod” bolalar maktablari tashkil etilib, o‘quvchi-yoshlarning iqtidor va iste’dodini yanada yuksaltirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda yaqindan yordam bermoqda.

Bugungi kunda mazkur “Barkamol avlod” bolalar maktabidagi 29 ta to‘garaklarga 790 nafar bolalar qamrab olingan.

Tuman hokimi “Barkamol avlod” maktabida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi, o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi.

To‘garaklar faoliyati samaradorligini yanada oshirish uchun zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар