Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » YANGI O‘ZBEKISTON ARMIYASI – MAMLAKAT QUDRATI, YUKSAK G‘URUR VA SADOQAT TIMSOLIDIR

YANGI O‘ZBEKISTON ARMIYASI – MAMLAKAT QUDRATI, YUKSAK G‘URUR VA SADOQAT TIMSOLIDIR

10 январь 2024 йил
151
0

Forish tumanida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimizning tashkil etilganiga 32 yil to‘lishi munosabati bilan turli uchrashuvlar, davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Forish tumani 1-sektor hududidagi “Bog‘don” mahallasida joylashgan 30-son madaniyat markazida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 32 yilligi munosabati bilan “Vatanga xizmat – oliy fazilat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Abdumannon Saidxonov, tuman Mudofaa ishlar bo‘limi boshlig‘i B.Husanovlar tadbir ishtirokchilariga Qurolli Kuchlarimizning bosib o‘tgan shonli yo‘li, harbiylarga yaratilgan shart-sharoitlar, Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsoli ekanini ta’kidlab o‘tishdi.

Tadbirda tuman madaniyat markazi san’atkorlari, harbiy orkestr ijrosida konsert dasturi, harbiy xizmatchilar va sportchilarning qo‘l jangi chiqishlari namoyish etildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар