14 YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI
Mamlakatimizda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni sifatida bayram qilinadi.
Darhaqiqat, Vatan – muqaddas makon. Uni himoya qilish, dushmanlardan asrash, uning ravnaqi va farovonligi yo‘lida xizmat qilish – har bir inson uchun ham farz, ham qarzdir.
Ayni kunda mamlakatimizda Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 32 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Harbiy vatanparvarlik oyligi” deb e’lon qilingan.
Forish tumanida ham “Harbiy vatanparvarlik oyligi” doirasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilyapti.
Ana shunday tadbirlardan biri Oybek nomli mahallada joylashgan 33-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Jizzax shahrida joylashgan “N” harbiy qism zobitlari bilan 33-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda harbiy qism zobitlari yig‘ilganlarga Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiylar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘zlab berishdi.
Tadbir nihoyasida harbiy qism va maktab hamkorligini mustahkamlash va bu kabi tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish yuzasidan kelishib olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.