1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan milliy gvardiyaning Forish tumanida faoliyat yuritayotgan inspektor psixologlari tashabbusi bilan “Uchma” mahallasida joylashgan oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari Jizzax shahridagi O‘rda ekologik bog‘iga sayohat qilishdi.
Bu yerda tarbiyalanuvchilar bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan atroflicha tanishishib, bir olam taassurotlar bilan qaytishdi.
Inspektor psixologlar tomonidan o‘quvchilarning yozgi ta’til mavsumida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida bolalar o‘rtasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasida ham ishlar olib borilmoqda.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.