FORISH TUMANIDA AHOLI TURMUSH FAROVONLIGINI YAXSHILASH BORASIDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Amalga oshirilayotgan ishlarning barchasi “Inson qadri uchun” degan tamoyil asosida olib borilmoqda. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi.
Forish tumani 1-sektor hududidagi Amir Temur nomli mahallada joylashgan 55-umumta’lim maktabida aholi turmush farovonligini yaxshilash maqsadida tuman hokimi Ikrom Matiyev ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tuman prokurori Ikrom Narziyev, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Qahramon Nazarov hamda tumandagi bir qator korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari, mahalla yettiligi va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.
Dastlab tuman hokimi Ikrom Matiyev so‘zga chiqib, mahallalarda aholini tadbirkorlikka yo`naltirish, o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, aholi bandligini ta`minlashda “mahalla yettiligi” oldida turgan vazifalar haqida batafsil ma`lumot berdi. Shuningdek, aholi tomorqasidan unumli foydalanish, xonadonlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini davom ettirish, aholi xonadonlarida ta’mirlash ishlarini olib borish, ichki yo‘llarni yaxshilash, chorva mollarini kasalliklarga qarshi emlash va ularni yaylovlarga qarovsiz haydab yubormaslik haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
Yig‘ilish yakunida tegishli mutasaddilarga kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.