AHOLI MUROJAATLARI TINGLANDI
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatdan mutlaqo yangi tizim yaratildi.
Forish tuman hokimi va o‘rinbosarlari tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullarda aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganilib, hal etilyapti.
Forish tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar va ekologiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Farrux Amirov tomonidan sayyor qabul 1-sektor hududidagi “O‘xum” mahallasida o‘tkazildi. Sayyor qabulda tuman hokimi o‘rinbosari Farrux Amirov so‘zga chiqib, aholi o‘rtasida boqimandalikka barham berish, tadbirkorlikni rivojlantirish, shu hisobdan aholi bandligini ta’minlash haqida ta’kidlab o‘tdi.
Sayyor qabulda tumandagi bir qator korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirok etdi va aholining murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi.
Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, joylarga chiqib ularning dardiga quloq tutish, shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning kundalik vazifasiga aylangan. Bu galgi sayyor qabulda ishtirokchilar tomonidan bir nechta masalalar o‘rtaga tashlandi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.