MAHALLADA AHOLI BILAN MULOQOT
Aholi murojaatlarini tinglash, muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida Forish tumani 1-sektor hududidagi Amir Temur nomli mahallaning Ko‘hnabozor qishlog‘ida joylashgan 5-umumta’lim maktabida tuman hokimi Ikrom Matiyev tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda tuman hokimi Ikrom Matiyev so‘zga chiqib, aholi o‘rtasida boqimandalikka barham berish, tadbirkorlikni rivojlantirish, shu hisobdan aholi bandligini ta’minlash haqida ta’kidlab o‘tdi.
Sayyor qabul davomida aholi tomonidan o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.
Tegishli tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarning hal etish yo‘llari izlandi.
Yig‘ilishda umumta’lim maktablari direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda jismoniy tarbiya o‘qituvchilaridan mahallalarda yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish hamda sport tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi so‘raldi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.