SAYYOR QABULDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
Forish tumani 4-sektor hududidagi “Uchquloch” mahallasida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida tuman hokimi Ikrom Matiyev sayyor qabul o‘tkazdi.
Sayyor qabulda tuman prokurori Ikrom Narziev, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Qahramon Nazarov, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sanjar Xafizov hamda tumandagi bir qator korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.
Sayyor qabulda dastlab tuman hokimi Ikrom Matiev so‘zga chiqib, mahallalarda aholini tadbirkorlikka yo`naltirish, dehqonchilik qilish istagida bo‘lgan fuqarolarga bir gektardan yet ajratib berilishi, o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, aholi bandligini ta`minlashda “mahalla yettiligi” oldida turgan vazifalar haqida batafsil ma`lumot berdi. Shular hisobidan aholi bandligini ta’minlash va shu kabi masalalarga to‘htalib o‘tdi.
Shundan so‘ng aholi muammolari tinglandi.
Sayyor qabul davomida aholi o‘zlarda mavjud bo‘lgan bir qator masalalar, jumladan, davolanishda ko‘maklashish, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar, bandlikni ta’minlash va boshqa bir qator masalalar bo‘yicha murojaatlar qilishdi.
Sayyor qabul davomida nafaqa tayinlash borasidagi yangiliklar haqida ham aholiga tushunchalar berildi.
Qabul davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarning bir qismi joyida hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar ijro uchun nazoratga olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.