SAYYOR QABULDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
Forish tumani 1-sektor hududidagi “Uchma” mahallasi Safarota qishlogʻida joylashgan 17-umumta'lim maktabida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida tuman hokimi Ikrom Matiyev sayyor qabul o‘tkazdi.
Sayyor qabulda dastlab tuman hokimi Ikrom Matiyev so‘zga chiqib, mahallalarda aholini tadbirkorlikka yonaltirish, dehqonchilik qilish istagida bo‘lgan fuqarolarga bir gektardan yet ajratib berilishi, o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, aholi bandligini taminlashda “mahalla yettiligi” oldida turgan vazifalar haqida batafsil ma`lumot berdi. Shular hisobidan aholi bandligini ta’minlash va shu kabi masalalarga to‘htalib o‘tdi.
Shundan so‘ng aholi muammolari tinglandi.
Sayyor qabul davomida aholi o‘zlarda mavjud bo‘lgan bir qator masalalar, jumladan, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar, bandlikni ta’minlash va boshqa bir qator masalalar bo‘yicha murojaatlar qilishdi.
Qabul davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarning bir qismi joyida hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar ijro uchun nazoratga olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati