Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » AHOLINI TADBIRKORLIKKA YO‘NALTIRISH BORASIDAGI ISHLAR OLIB BORILMOQDA

AHOLINI TADBIRKORLIKKA YO‘NALTIRISH BORASIDAGI ISHLAR OLIB BORILMOQDA

26 октябрь 2024 йил
57
0

Forish tuman adliya bo‘limi va tuman prokuraturasi tomonidan vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish borasida hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Jumladan, Forish tuman adliya bo‘limi va tuman prokuraturasi hamkorlikda 2-sektor xududidagi 5 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish maqsadida aholi o‘rtasida tushintirish targ‘ibot ishlarini olib borildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida xotin-qizlar ishtirokida 1 ta mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi hamda 9 nafar fuqarolar Mobil-ID tizimida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Bundan tashqari olib borilgan ishlar davomida 25 nafar fuqarolarning huquqiy muammolari tegishli platformaga kiritildi.
Bu kabi hamkorlikdagi tadbirlar davom etmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар