AHOLI O‘RTASIDA HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRLARI
Forish tuman Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi PF-80-sonli “Ma’muriy isloxotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash borasida muayyan ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, bu borada adliya bo‘limi xodimlari tumandagi 25 ta mahallalarda bo‘lishib, davlatimiz rahbari farmonidan kelib chiqadigan vazifalar hamda boshqa bir qator masalalar bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbirlarini olib borishayapti.
Ana shunday huquqiy targ‘ibot tadbirlaridan navbatdagisi tumanning 3-sektor xududidagi “Oqtepa” mahallasida bo‘lib o‘tdi.
Targ‘ibot tadbirida aholiga Prezidentimizning yuqorida bayon etilgan farmonidan kelib chiqadigan vazifalar tushintirildi hamda bir qator masalalar bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Forish tuman hokimligi Axborot xizmati