FORISH TUMAN HOKIMI “O‘XUM” MAHALLASIDA AHOLI BILAN MULOQOT QILDI
Forish tuman hokimi, 1-sektor rahbari Ikrom Matiyev 1-sektor hududidagi “O‘xum” mahallasida bo‘lib, “mahalla yettiligi” va aholi bilan muloqot qildi.
Muloqot davomida aholi murojaatlari bilan ishlashni tizimli yo‘lga qo‘yish, bu borada aholi noroziligiga yo‘l qo‘ymaslik, vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish, bu borada tomorqadan samarali foydalanish, yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, muloqot davomida mol-mulk va yer soliqlaridan bo‘lgan qarzdorliklarni o‘z vaqtida to‘lab borish, to‘lanayotgan soliqlarning mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni haqida ham batafsil so‘z yuritdi.
Muloqotdan keyin tuman hokimi Ikrom Matiyev aholining murojaatlari bo‘yicha qabul o‘tkazib, ular muammolarini tingladi.
Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.