Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISH TUMANIDA “BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI TASHKIL ETILDI

FORISH TUMANIDA “BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI TASHKIL ETILDI

25 май 2024 йил
117
0

Forish tumanida tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda tuman Adliya bo‘limi bilan xamkorlikda “Xonbandi” mahallasida vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasbga yo‘naltirish maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Mazkur mehnat yarmarkasida tumandagi 16 ta korxona, tashkilot, muassasalar o‘zlarida mavjud bo‘lgan 31 ta bo‘sh (vakant) hamda kvota ish o‘rinlari bilan qatnashdilar.

Yarmarkada 21 nafar ishsiz fuqarolar ishtirok etdi. Ishsiz va vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan fuqarolardan 9 nafariga ishga joylashishlari uchun kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi mas’ul xodimlari tomonidan iqtisodiyotning turli sohalariga yo‘llanmalar berildi. 1 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitish uchun yo‘naltirildi.

Qolgan fuqarolarga me’yoriy hujjatlar bo‘yicha tushuntirish hamda huquqiy maslahatlar berildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

MAHALLADA MEHNAT YARMARKASI
28 март 2024, Четверг
MAHALLADA MEHNAT YARMARKASI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар