“MAHALLA YETTILIGI” AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
Forish tumani, 1-sektor xududidagi “Do‘stlik” mahallasi tumanning eng uzoq va chekka mahallasi hisoblanadi.
Mazkur mahallada 232 ta oila bo‘lib ularda 1242 nafar aholi istiqomat qiladi.
“Mahalla yettiligi”ning asosiy diqqat e’tibori aholi muammolarini hal etish, vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan aholi bandligini ta’minlash, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini amalga oshirishga, mahalla infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan.
Bugungi kunda “Mahalla yettiligi” a’zolari xonadonma-xonadon yurish orqali aholi muammolarini o‘rganish bilan birga, aholini tomorqadan unumli foydalanish oilaviy tadbirkorlikka yo‘naltirish, o‘zini-o‘zi band qilgan holda oila daromadini oshirish yuzasidan ham tushintirish ishlarini olib borishmoqda.
Mahallada keyingi kunlarda olib borilgan tushintirish ishlari natijasida vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan 15 nafar fuqarolar o‘zini-o‘zi band qilib bandligini ta’minlash istagida ekanini bildirishdi. Ularga boshlang‘ich bizneslarini boshlashlari yuzasidan guvohnomalar topshirildi.
Forish tuman hokimligi Axborot xizmati.