Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISH TUMAN HOKIMINING DAVLAT TILI MASALALARI BO‘YICHA MASLAHATCHISI HUSNIYA EGAMOVANING 21-OKTYABR – O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI MUNOSABATI BILAN TUMAN AHLIGA BAYRAM TABRIGI

FORISH TUMAN HOKIMINING DAVLAT TILI MASALALARI BO‘YICHA MASLAHATCHISI HUSNIYA EGAMOVANING 21-OKTYABR – O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI MUNOSABATI BILAN TUMAN AHLIGA BAYRAM TABRIGI

21 октябрь 2024 йил
2
0

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar!

Sizlarni va Siz orqali oila aʼzolaringizni, soha rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan barcha xodimlarni bugungi muhim sana – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Til – faxr va iftixordir. U muloqot vositasigina bo‘lib qolmay, insonning ichki olamini ifodalaydi, dunyoni teran idrok qilishiga ko‘maklashadi, dunyoqarashi va kamolotini belgilab beradi. Shuning uchun ham yer yuzida rivojlanayotgan har qanday davlat o‘z tilining mavqesini yuksaltirishga intiladi.

Milliy til davlatning rivoji, qolaversa uning millat sifatida dunyo tamaddunida o‘z munosib o‘rinni egallashi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Buyuk tariximiz va ajdodlarimizning merosi ham aynan ona tilimiz orqali bizgacha yetib kelgan. O‘zbek adabiy tilining rivojida XV asrning 2-yarmi juda muhim davr hisoblanadi. Bu davr Alisher Navoiy o‘zining muborak ijodi bilan o‘zbek adabiyotini yuksak darajaga ko‘tarish bilan birga, o‘zbek tilining taraqqiyotiga ham o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan.

Bugun ona tilimizga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligini nishonlamoqdamiz. Tilimizga hurmat va ehtirom ko‘rsatish nafaqat ushbu kunni munosib nishonlash, balki tilning sayqallanishi, sof o‘zbek tilining avlodlarimizgacha yetib borishiga o‘z hissamizni qo‘shish bilan namoyon bo‘ladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Til – har bir millatning g‘ururi, mustaqillik belgisi, kelajagi. Tilsiz hech bir millat to‘laqonli xalq bo‘la olmaydi. Usiz Vatanning erki yo‘q. Bu yorug‘ olamda o‘zbek tili ham millatimizning faxri, dunyo tan olishiga hissa qo‘shgan ijtimoiy aloqa vositasidir.

Barchamizga maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risidagi qonunida o‘zbek tilining davlat tili ekanligi belgilab qo‘yilgan. Shunday ekan, har bir davlat xizmatchisi o‘z xizmat faoliyatida davlat tiliga oid bilimlarni o‘zlashtirishi, bilishi va uning masʼuliyatini his etishi lozim.

Aziz hamkasblar!

Sizlarni yana bir bor ushbu shukuhli kun – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар