TA’ZIM DEYMIZ AZIZ USTOZ, MURABBIYLAR!
1 oktyabr – mamlakatimizda O‘qituvchi va murabbiylar kuni. Bu kun mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda.
Shu kuni bizga saboq bergan, hayot so‘qmoqlaridan odimlab borishimizda ustozlik qilgan va bu vazifani ayni paytda ham sharaf bilan bajarib kelayotgan aziz insonlarning kasb bayramidir.
Fidoyi, zahmatkash muallim o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilariga bilim berish bilan birga ular qalbiga insoniy tuyg‘ularni ham singdiradilar.Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Muallimning obro‘-e’tibori bu avvalo millatning, butun xalqning obro‘-e’tiboridir.”
Forish tumani 30-son Madaniyat markazida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Forish tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sobir Vaqqosov, tuman hokimi Ikrom Matiyevning tuman o‘qituvchi va murabbiylarga tabrigini o‘qib eshittirdi.
Tashkil etilgan bayram tadbirida yil davomida ta’lim yo‘nalishida samarali mehnat qiilb kelayotgan bir guruh o‘qituvchi va murabbiylarga tashakkurnoma va sovg‘alar topshirildi.
Tadbirda 30-son madaniyat markazi san’atkorlari tomonidan bayram konserti namoyish etildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.