Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » DAVLAT TILIDA ISH YURITISH UCHUN O‘QUV KURS MASHG‘ULOTLARI TASHKIL ETILDI

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH UCHUN O‘QUV KURS MASHG‘ULOTLARI TASHKIL ETILDI

13 сентябрь 2024 йил
60
0

Forish tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-sonli va “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktyabrdagi PF-6084-sonli farmonlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli va “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 3-martdagi 117-sonli qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining 2023-yil 10-noyabrdagi 24/1-2308-sonli topshirig‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi hamda tumandagi boshqa davlat tashkilotlari xodimlari uchun davlat tilida ish olib borish yuzasidan o‘quv kurs mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Unda tuman hokimligi, tumandagi barcha davlat tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etishdi.

Malaka oshirish o‘quv kurs mashug‘lotlarini Alisher Navoiy nomli Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Jizzax hududiy filiali bo‘limi boshlig‘i A.Usmonov hamda katta o‘qituvchi Q.Sindarovlar olib borishdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар