Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » AHOLINI RO‘YXATGA OLISH XALQARO HAMJAMIYAT E’TIBORIDA

AHOLINI RO‘YXATGA OLISH XALQARO HAMJAMIYAT E’TIBORIDA

02 апрель 2024 йил
41
0

Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari dunyo mamlakatlari shuningdek, xalqaro tashkilotlarning ham diqqat markazida bo‘lib kelyapti. Mazkur masala bo‘yicha BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Aholishunoslik jamg‘armasi, MDH davlatlararo Statistika qo‘mitasi kabi bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning taklif va tavsiyalari inobatga olinmoqda.

Dunyo mamlakatlariga aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishni rejalashtirish va uni o‘tkazishda yordam ko‘rsatish maqsadida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Yevropa ittifoqining statistika xizmati va bir qator a’zo davlatlar ishtirokida tayyorlangan “Yevropa statistiklari konferensiyasining 2020-yil raundida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha tavsiyalari” nomli qo‘llanma BMT Aholishunoslik jamg‘armasining texnik ko‘magi asosida Davlat statistika qo‘mitasining mutaxassislari tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda dunyoda 200 dan ortiq davlat bo‘lib, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida mazkur qo‘llanmaning faqat ingliz, fransuz va rus tillaridagi talqinlari (tarjimalari) joylashtirilgan xolos. Uning ilk marotaba o‘zbek tiliga tarjima qilinishi va BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi yangi O‘zbekistondagi islohotlarning, xususan aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish uchun ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlarining dunyo hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak baholanayotganligi va tan oliniyotganligidan dalolat beradi.

Yana bir muhim jihati, o‘zbekcha qo‘llanmaning BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida jahon tillaridagi talqini bilan yonma-yon turishi esa har birimizga g‘urur bag‘ishlab, ona tilimizning dunyodagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu tavsiyalar mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga tayyorgarlik jarayonlarida ishtirok etuvchilarning bilimini oshirib, tadbirning sifatli o‘tkazilishida muhim rol uynaydi.

Tohir QO‘NAROV,
Forish tuman statistika bo‘limi boshlig‘i.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI
21 декабрь 2023, Четверг
HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI
AHOLINING ELEKTR ENERGIYA TA’MINOTI YAXSHILANADI
06 ноябрь 2023, Понедельник
AHOLINING ELEKTR ENERGIYA TA’MINOTI YAXSHILANADI
DARDLARGA DARMON BO‘LMOQDA
23 сентябрь 2023, Суббота
DARDLARGA DARMON BO‘LMOQDA
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар