Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI BINOSI QURILISHIGA TAMAL TOSHI QO‘YILDI

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI BINOSI QURILISHIGA TAMAL TOSHI QO‘YILDI

21 октябрь 2024 йил
2
0

Forish tumani 2-sektor hududidagi “Qoraabdol ota” mahallasi Shoxusmon qishlog‘ida 60 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.

Shu munosabat bilan Shoxusmon qishlog‘ida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Jizzax viloyat hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Abdivali Mustanov, Jizzax viloyat prokurori B.Ibragimov, Forish tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Farruh Amirov, Forish tuman prokurori Ikrom Narziyev, mahalla mutasaddilari, mahalla faollari, oqsoqollar, jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini tez va sifatli bunyod etish yuzasidan quruvchilarga zarur tavsiyalar, topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар