Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » “XONBANDI” MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYDA YASHOVCHI IJTIMOIY KO‘MAKKA MUHTOJ 10 TA OILA “KAMBAG‘ALLIKDAN FAROVONLIK SARI” DASTURI ASOSIDA ISHGA QABUL QILINDI

“XONBANDI” MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYDA YASHOVCHI IJTIMOIY KO‘MAKKA MUHTOJ 10 TA OILA “KAMBAG‘ALLIKDAN FAROVONLIK SARI” DASTURI ASOSIDA ISHGA QABUL QILINDI

15 октябрь 2024 йил
35
0

Forish tumani “Xonbandi” mahallasida ko‘p qavatli uyda yashovchi 10 ta ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi asosida “Mono - Elektrik” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan shartnoma tuzishib ishga qabul qilindi.

Ular o‘z xonadonlarida elektr uskunalarini yig‘ish bilan shug‘ullanishadi. Ularga “Mono - Elektrik” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan asbob-uskunalar va materiallar tarqatildi.

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi asosida ushbu ishlarni amalga oshirishda Jizzax viloyat hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Abdivali Mustanov, Forish tuman hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Shavkat Uzoqov, 4-sektor rahbari tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sanjar Hafizov, tuman prokurori Ikrom Narzievlar ishtirok etishdi.

Har bir oilaning bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar tushintirildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар