Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » MAHALLADA SODIR ETILGAN JINOYATCHILIK MUHOKAMASI BO‘LIB O‘TDI

MAHALLADA SODIR ETILGAN JINOYATCHILIK MUHOKAMASI BO‘LIB O‘TDI

05 июнь 2024 йил
136
0

2024-yil 2-iyun kuni soat 14-00 larda Forish tumani “Qoraabdol ota” mahalla fuqarolar yig‘ini Shoxusmon qishlog‘ida yashovchi 1974-yil 19-aprelda tug‘ilgan P.A. qishloq hududidagi yaylovda mol boqib yurganda shu qishloqda yashovchi mahalladoshi 2000-yil 19-mayda tug‘ilgan R.S.ga tegishli chorva mollar yaylovga kirib keladi.

P.A. R.S.ga tegishli chorva mollarni yaylovdan haydab chiqarayotganda R.S yetib kelib, o‘rtada o‘zaro janjal yuzaga keladi.

Oqibatda R.S. tosh bilan P.A.ning yuz va bo‘yin qismiga urib jarohat yetkazadi. Og‘ir tan jarohati olgan P.A. voqea joyida vafot etadi.

Forish tumanidagi “Qoraabdol ota” mahallasida sodir etilgan ushbu jinoyatning kelib chiqish sabablari va oqibatlariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda mahalla mutasaddilari, mahalla faollari va mahalla aholisi hamda tumandagi huquqni muhofaza etuvchi organlar rahbar va xodimlari, tumandagi bir qator korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda sodir etilgan jinoyat haqida aholiga batafsil ma’lumot berildi.

Yig‘ilishni Forish tuman hokimining moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Shavkat Uzoqov kirish so‘zi bilan ochdi.

Yig‘ilishda Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor G‘ayrat Qodirov, Forish tuman prokurori Ikrom Narziyevlar so‘zga chiqishib, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, bu borada mahalla mutasaddilari, mahalla faollari oldida turgan vazifalar, mahalla aholisi o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash haqida so‘z yuritishdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар