Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » “KAMBAG‘ALLIKDAN FAROVONLIK SARI” DASTURI ASOSIDA

“KAMBAG‘ALLIKDAN FAROVONLIK SARI” DASTURI ASOSIDA

12 октябрь 2024 йил
9
0

Forish tumani 1-sektor hududidagi “Qo‘lba” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF-143-sonli farmoni ijrosini ta’minlash hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish borasida ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, mahallada bu borada ATB “Hamkorbank” bilan o‘zaro hamjihatlikda ish olib borilib, ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalar a’zolarini bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikka yo‘naltirish choralari ko‘rilayapti.

Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida mahallada yashovchi, ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilaning bir nafar a’zosi mahallada joylashgan 12-umumta’lim maktabiga texnik xodim sifatida ishga qabul qilindi.

Uning turmush o‘rtog‘i oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgandi, unga payvandlash uskunalari olib berildi.

Mahallada bu kabi ishlar davom ettirilmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар