FORISH TUMANIDA PREZIDENT QAROR VA FARMONI IJROSINI TA’MINLASH YUZASIDAN SEMINAR TASHKIL ETILDI
"Agrobank" ATB Boshqaruvi tashabbusi bilan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan Jizzax viloyat Forish tuman hokimyat majlislar zalida Forish tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Rsepublikasi Prezidentining 2024-yil 7-sentyabrdagi "Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash" kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-312-sonli qaror mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.
"Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-109-son Farmoni bo‘yicha o‘tkazilgan seminar davomida ishchi guruh tomonidan tabdirkorlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.