Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISHDA PILLACHILIK SOHASINI YANADA RIVOJLANTIRISH, ISH BILAN BAND BO‘LMAGAN XOTIN-QIZLARNI SOHAGA KENG YO‘NALTIRISH YUZASIDAN SEMINAR TASHKIL ETILDI

FORISHDA PILLACHILIK SOHASINI YANADA RIVOJLANTIRISH, ISH BILAN BAND BO‘LMAGAN XOTIN-QIZLARNI SOHAGA KENG YO‘NALTIRISH YUZASIDAN SEMINAR TASHKIL ETILDI

23 февраль 2024 йил
158
0

Pillachilik yurtimiz qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan sanalishi bilan birga, ipak ishlab chiqarish ota-bobolarimizning boy madaniy merosi hamdir. Shu bois, mazkur qadriyatni davom ettirish bugungi davrning muhim masalalaridan sanaladi.

Forish tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Pillachilik sohasida kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash hamda pilla yetishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-85-sonli farmoni ijrosini ta’minlash, tumanda vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni pillachilik sohasida kasanachilikka yo‘naltirish yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda pillachilik sohasi mutaxassislari, mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.

Seminarda so‘zga chiqqan tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Elnora Ummatova, “Forish pilla” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi G‘ofur Begiуevlar mahallalarda vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni pillachilik sohasida kasanachilikka yo‘naltirish, kasanachilar uchun yaratib beriladigan shart-sharoit va imkoniyatlar haqida so‘z yuritdilar.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan murojaat qilishib, tegishli javob olishdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар