Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISH TUMANIDA XORIJDA ISHLASH ISTAGIDA BO‘LGAN FUQAROLARNI ANIQLASH, KASB VA XORIJIY TILLARNI O‘QITISH BO‘YICHA SEMINAR TASHKIL ETILDI

FORISH TUMANIDA XORIJDA ISHLASH ISTAGIDA BO‘LGAN FUQAROLARNI ANIQLASH, KASB VA XORIJIY TILLARNI O‘QITISH BO‘YICHA SEMINAR TASHKIL ETILDI

29 апрель 2024 йил
95
0

Forish tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi 59-sonli farmoni mazmun-mohiyati, xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni aniqlash, kasb va xorijiy tillarga o‘qitishni tashkil etish hamda tashkillashtirish tartibida xorijga yuborilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha ishchi guruh tomonidan seminar tashkil etildi.

Seminarda hokim yordamchilari, mahalla xotin-qizlar faollari, xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar hamda tegishli korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan ishchi guruh a’zolari xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni aniqlash, kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitishni tashkil etish, bu borada mutasaddilar oldida turgan vazifalar haqida batafsil so‘z yuritdilar.

Seminar davomida xorijda ishlash tartib-tamoyillari, kasb malakasini oshirish, bunda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, avvalo har bir fuqaro ishlash uchun borayotgan davlatning qonunlarini to‘liq bilishi va shu kabi masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Seminar savol javobga boy tarzda qiziqarli o‘tdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар