"Agrobank" ATB Boshqaruvi tashabbusi bilan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan Jizzax viloyat Forish tuman hokimyat majlislar zalida Forish tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Rsepublikasi Prezidentining 2024-yil 7-sentyabrdagi "Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash" kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-312-sonli qaror mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.
"Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-109-son Farmoni bo‘yicha o‘tkazilgan seminar davomida ishchi guruh tomonidan tabdirkorlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.