Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

INSON QALBINING MUHANDISLARI

15 апрель 2024 йил
149
0

15 aprel — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni.

Dunyoda kasblar ko‘p. Har biri hayotda o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega. Shifokor bemorni shirin so‘z va malhami ila davolasa, o‘qituvchi insonni ilm olamiga boshlab, borliqni anglashiga ko‘maklashadi. Quruvchi mahobatli binolar barpo etsa, bobodehqon qalb qo‘ri, mehrini berib, yerdan rizq undiradi.

Lekin shunday kasb egalari borki, ularning iste’dodi va mahorati orqali ko‘z o‘ngimizda shifokor ham, o‘qituvchi ham, quruvchiyu dehqon ham, qo‘yingki, barcha soha vakillari yaqqol namoyon bo‘ladi. Go‘zal ijrolaridan qalbimiz kuch, ruhimiz orom oladi. Bu siz, aziz madaniyat va san’at xodimlari, ijodkorlardir. Hurmatli Prezidentimiz ijod ahlini «Inson qalbining muhandislari», deya ta’riflaganlar.

Zero, madaniyat va san’at ahli odamlarni insoniylik va ezgulikka chorlab, ular qalbida olijanob fazilatlar, go‘zal his-tuyg‘ularni kamol toptirishga, jamiyat hayotida tinchlik, do‘stlik va hamjihatlik, yuksak axloq va adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuning uchun ham azal-azaldan xalqimiz ijodkorlarga, san’atkorlarga juda katta hurmat va ishonch bilan qaraydi.

Ayniqsa, so‘nggi yillarda soha vakillariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik har qachongidan ham yuksak, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Bugungi bayram va bildirilayotgan samimiy tabriklar ana shu qaynoq mehr ifodasi sifatida teatr, sirk, kino, tasviriy va amaliy san’at, folklor va mumtoz maqom san’ati vakillari, o‘qituvchi va murabbiylar, shoir va adiblar, xonanda, sozanda va bastakorlar, dramaturg va rejissyorlar, sahna rassomlari va texnik xodimlar, hunarmandlar, muzeyshunoslar, respublikamiz hududlarida ommaviy-madaniy hamda konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etib, elimizga sidqidildan xizmat qilayotgan sohaning barcha xodimlari, jamiki ijod ahliga daxldordir va bu katta mas’uliyat degani hamdir.

Bugungi kunda Forish tumanida 3 ta ya’ni “Bog‘don” mahallasida 30-son, “Xonbandi” mahallasida 31-son “Parvoz”, “Egizbuloq” mahallasida 32-son “Chamanzor” madaniyat markazlari faoliyat yuritmoqda. Ularda 4 ta badiiy jamoalar, 8 ta to‘garaklar, 18-son bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyat yuritmoqda.

Shu ma’noda ustozlardan qolgan merosimiz va sizning fidoyiligingiz, shijoatingiz bilan uchinchi Renessans poydevorini yaratish eng sharafli vazifamiz bo‘lib qoladi. Boshqacha aytganda, barchamiz ulkan tarixiy jarayonlar oldida turibmiz. Bu yo‘lda qaddimizni tik tutib, bir tanu bir jon bo‘lib, kelajak sari dadil qadam bossangiz ko‘zlagan marralaringizga, albatta, erishasizlar.

Fursatdan foydalanib, barcha madaniyat xodimlarini bayram bilan tabriklab, sihat-salomatlik, g‘ayrat-shijoat, oilaviy farovonlik va yangidan-yangi ijodiy yutuqlar tilaymiz.

Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin!

Jonajon Vatanimiz — Yangi O‘zbekistonimiz taraqqiyoti, milliy madaniyatimiz rivoji yo‘lida xizmat qilish baxti Sizlarni hech qachon tark etmasin!

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар