Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISH TUMANIDA QISHLOQ AYOLLARINI BANDLIGI TA’MINLANMOQDA

FORISH TUMANIDA QISHLOQ AYOLLARINI BANDLIGI TA’MINLANMOQDA

17 август 2024 йил
87
0

Jizzax viloyati “Istiqlol avlodi” ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan Jahon bankining Yaponiya Ijtimoiy taraqqiyot jamg‘armasi granti va O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda moliyalashtirilgan, qishloq ayollarining biznes ko‘nikmalar va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan «Qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.

Loyihaning maqsadi Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni tadbirkorlikka o‘rgatish orqali turmush tarzini yaxshilash.
Loyiha Forish tumanida joylashgan yettita mahallalari ya’ni, Uchma, Ilonli, Mustaqillik, Qizilqum, Narvon, Qorabdol ota va Uchquloch mahalla fuqarolari yig‘inlarida amalga oshirilmoqda.
Loyihani amalga oshirilishi natijasida: 120 nafar Forish tumanida istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj “Ayollar daftari” da ro‘yxatda turuvchi xotin-qizlarga ish o‘rinlari yaratiladi.
Forish tumani 2-sektor xududidagi “Mustaqillik” MFYda "Farovon shirinliklari" mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi va ularga 103 500 000 million so‘m grant mablag‘lari ajraatildi. Bu ayollar qandolatchilik kasbiga o‘qitildi.
“Mustaqillik” mahallasida "Farovon shirinliklari" qandolatchilik sexining ochilishi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla xotin-qizlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Elnora Ummatova ishtirok etib, xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.
Tadbir ishtirokchilari "Farovon shirinliklari" qandolatchilik sexida mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘zdan kechirishdi. Mazkur korxonaning ochilishi hisobiga yetti nafar qishloq ayollari bandligi ta’minlandi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар