Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » “ONALAR – BUTUN BASHARIYATNING TARBIYACHILARIDIR”

“ONALAR – BUTUN BASHARIYATNING TARBIYACHILARIDIR”

07 март 2024 йил
115
0

Forish tumanidagi 30-son madaniyat markazida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tumanimizning barcha jabhalarida samarali mehnat qilayotgan ilg‘or ayollar, mehnat faxriylari ishtirok etdi.

Tadbirda tuman hokimi Ikrom Matiyev so‘zga chiqib, tumanimiz xotin-qizlarini ushbu ayyom bilan muborakbod etib, mamlakatimizda xotin-qizlarning manfaat, huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash, salomatligini mustahkamlash, qobiliyat va intilishlarini ro‘yobga chiqarish, muammolarini hal etish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar yuksak samaralar berayotganligini ta’kidladi. Shuningdek, tuman hokimi o‘z tabrigida tumanda 2023 yilda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xotin-qizlarning hayot va mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularga daxldor ijtimoiy muammolarni hal etishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Shu maqsadda o‘tgan yili 989 nafar xotin-qizlarimiz bandligi ta’minlandi. 161 nafar xotin-qizlarga tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yishlari uchun 1 milliard 384 ming 200 so‘m kredit mablag‘lari ajratildi. 1450 nafar opa-singillarimiz mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlar va tadbirkorlikka o‘qitildi. Ta’lim muassaslarida o‘qiyotgan 11 nafar xotin-qizlarning kontrakt pullari to‘lab berildi.

♻️ So‘nggi yillarda “Ayollar daftari” doirasida ham katta tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan yili 1430 nafar ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilib,ularga 974 420 000 ming so‘mlik yordam ko‘rsatildi. 2024-yil boshida “Ayollar daftari”ning 5-bosqichini shakllantirish maqsadida 25 ta mahallalarda istiqomat qilayotgan 17 332 nafar xotin-qizlar xatlovdan o‘tkazildi. Ularning 2450 nafari “Ayollar daftari”ning 5-bosqichiga kiritilganini ta’kidlab o‘tdi.

Tantanali tadbirda turli sohalarda samarali mehnat qilib jamiyat rivojiga munosib ulush qo‘shayotgan bir guruh ayollar tuman hokimligining faxriy yorliqlari, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, tadbirda ta’lim sohasida samarali faoliyat yuritayotgan bir guruh xotin-qizlarga Forish tuman fan, ta’lim kasaba uyushmasining sovg‘alari topshirildi.

Tadbir ishtirokchilari “Dil ifori” tantanalar majmuasida to‘kin dasturxon atrofida suhbat qurdilar. Tuman madaniyat markazi san’atkorlari ijrosidagi onalarni ulug‘lovchi, ayollarni madh etuvchi dilrabo qo‘shiqlar barchaga bayramona, xush kayfiyat ulashdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар