Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » TADBIRKORLARGA ISHSIZ XOTIN-QIZLARNI ISH BILAN TA’MINLAGANLIK UCHUN DAVLAT GRANTI AJRATILADI

TADBIRKORLARGA ISHSIZ XOTIN-QIZLARNI ISH BILAN TA’MINLAGANLIK UCHUN DAVLAT GRANTI AJRATILADI

15 ноябрь 2023 йил
172
0

Bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik sub’ektlariga har 1 nafar bandligi ta’minlanadigan ishsiz xotin-qiz uchun 3 mln so‘mdan oshmagan miqdorda davlat granti ajratiladi.
Tadbirkorlik sub’ektlariga ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlaganlik uchun davlat granti ajratiladi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, salomatligini mustahkamlash hamda ularni kasbga o‘qitish faoliyati bilan bog‘liq bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik sub’ektlariga har 1 nafar bandligi ta’minlanadigan ishsiz xotin-qiz uchun 3 million so‘mdan oshmagan miqdorda Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan navbatdagi davlat granti ajratilishini e’lon qilinadi.
Shu munosabat bilan mahallalarda markazlar faoliyati uchun navbatdagi davlat grantini olish istagida bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari 2023 yil 25 noyabrga qadar tegishli mahalla fuqarolar yig‘inlariga loyiha takliflarini va hujjatlarini taqdim etishi mumkin.
Mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali taqdim etilgan loyihalar 28 noyabrgacha tuman-shahar ishchi guruhlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
30 noyabrga qadar hududiy boshqarmalar tomonidan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga davlat granti ajratilishi so‘ralgan buyurtmanoma yuboriladi.
Loyihalar 15 dekabrga qadar Respublika komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Komissiya qaroriga ko‘ra 2023 yil 20 dekabrga qadar Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan navbatdagi davlat granti ajratiladi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар