“QISHLOQ AYOLLARINING IQTISODIY IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH” LOYIHASI AMALGA OSHIRILADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-208-sonli farmoniga asosan jahon banki va oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorligidagi «Qishloq ayollarini iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish» loyihasining muhokamasi o‘tkazildi.
Muhokamada jahon banki va oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligi tarafidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tushunchalar berildi.
Forish tumanida 7 ta mahallasi ya’ni “Uchquloch”, “Qizilqum”, “Uchma”, “Qoraabdol ota”, “Narvon”, “Mustaqillik” va “Ilonli” mahallalarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan kelishib olindi. Mazkur loyiha bo‘yicha qamrab olingan “Ayollar daftari”dagi 3-4-6-toifaga mansubligi va ularning tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilish davomida Forish tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va hotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Elnora Ummatova tomonidan baholash komissiyasi a’zolari bilan birgalikda sub-grantlar uchun taqdim etilgan arizalarni baholash va yakuniy qaror qabul qilish yo‘riqnoma bo‘yicha tasdiqlandi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.