Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISHDA 3-4 MAVSUM TAKRORIY PILLA YETISHTIRISH UCHUN IPAK QURTI URUG‘I TARQATISH BOSHLANDI

FORISHDA 3-4 MAVSUM TAKRORIY PILLA YETISHTIRISH UCHUN IPAK QURTI URUG‘I TARQATISH BOSHLANDI

14 август 2024 йил
32
0

Pillachilik yurtimiz qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan sanalishi bilan birga, ipak ishlab chiqarish ota-bobolarimizning boy madaniy merosi hamdir. Shu bois, mazkur qadriyatni davom ettirish bugungi davrning muhim masalalaridan sanaladi.

Ma’lumki, bundan bir necha yil avval ipak qurti urug‘i boqish mavsumi yilning aprel, may oylarida bo‘lardi. Keyingi yillarda bu sohaga ham yangiliklar keng joriy etilishi natijasida takroriy pilla yetishtirish yo‘lga qo‘yildi.

Forish tumanida ham 3-4 mavsum takroriy pilla hosili yetishtirish uchun kasanachilarga ipak qurti tarqatish boshlandi.

Takroriy pilla yetishtirish maqsadida Forish tumanida 300 quti ipak qurti 300 ta kasanachilarga tarqatilib, 15 tonna pilla hosili yetishtirish belgilangan. Natijada takroriy pilla hosili yetishtirish uchun vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan 900 nafar fuqarolar mavsumiy ish bilan ta’minlanadi.

– Forish tumanida pillachilik sohasini jadal rivojlantirish maqsadida uning ozuqa bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor berilmoqda, – deydi “Forishagropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi G‘afur Begiyev.

Shu maqsadda “SILK EXPERT PROCESSING” klasteri tomonidan “Qoraabdol ota” mahallasida 10 gektar yerda tut plantatsiyasi tashkil etilib, 70 ming tup tut ko‘chatlari ekildi.

Bu boradagi ishlar tumandagi boshqa mahallalarda ham amalga oshirilmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар