Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » PILLAChILIK SOHASINI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA O‘QUV-SEMINAR TAShKIL ETILDI

PILLAChILIK SOHASINI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA O‘QUV-SEMINAR TAShKIL ETILDI

02 август 2024 йил
72
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 3 maydagi PF-72-sonli Farmonining 6.2-bandi ijrosi yuzasidan Oila va Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xududlardagi hokimlar bilan birgalikda har chorakda ishsiz va band bo‘lmagan aholini, shu jumladan, ayollarni pilla yetishtirish agrotexnikasiga va pillani qayta ishlash ko‘nikmalariga o‘qitish bo‘yicha o‘quv-seminarlar tashkil etish belgilangan.

Forish tuman hokimligida tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan pillachilik sohasini yanada rivojlantirish, vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni pillachilikka keng safarbar etish yuzasidan o‘quv-seminar tashkil etildi.

O‘quv-seminarda tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotinqizlar bo‘limi boshlig‘i Elnora Ummatova, viloyat agropilla raisi K. Qo‘qonov, tuman agropilla raisi G‘. Begiev va Silk Txpert Processing mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi S. Sultanovlar qatnashib, seminar ishtirokchilariga takroriy 3-4 pilla yetishtirish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, pilla boqish jarayonida agrotexnik talablarini o‘z vaqtida amalga oshirish to‘g‘risida tushintirishlar berishdi.

O‘quv-seminar davomida ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti professor o‘qituvchilari tomnidan berilgan tavsiyalar asosida slaydlar namoyish etildi. O‘quv-seminar savol-javobga boy tarzda o‘tdi.

Forish tuman hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар