PILLADAN MO‘L HOSIL YETISHTIRISH YO‘LIDA
Pillachilik serdaromad sohalardan biri. Forish tuman pillakorlari yilning birinchi hosilini yetishtirish uchun ipak qurti parvarishlashmoqda.
Joriy yilda Forish tuman pillakorlari 876 quti ipak qurtini parvarishlab, 56 tonna yuqori sifatli “kumush tola” yetishtirishga bel bog‘lashgan.
Shu maqsadda 539 ta oilaviy kasanachilar hamda 237 ta fermer xo‘jaliklari bilan shartnoma tuzishgan.
Ayni paytda tumandagi oilaviy kasanachilar va fermer xo‘jaliklariga ipak qurti tarqatilib, agrotexnik talablar asosida parvarishlanmoqda.
Hukumatimiz tomonidan pillakorlarning moddiy manfaatdorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilyapti. O‘tgan yili pilla yetishtiruvchilar bilan har bir kilo yuqori navli pilla uchun o‘rtacha 27 ming so‘mdan hisob-kitob qilingan. 2024 yilda esa bu ko‘rsatkich oshirilib, bir kilo pilla hosiliga 40 ming so‘mdan to‘lanishi belgilangan.
Forish tumani “Garasha” mahallasida yashovchi pillachilik bo‘yicha kasanachilar Jumagul Shamsiyeva, Lobar Shoqosimovalar xonadonlarida ipak qurti urug‘idan yuqori hosil olish maqsadida agrotexnik talablar asosida parvarishlanmoqda.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.