Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » MAHALLADA PILLACHILIK RIVOJLANTIRILMOQDA

MAHALLADA PILLACHILIK RIVOJLANTIRILMOQDA

29 март 2024 йил
33
0

Forish tumani 1-sektor hududidagi “Uchma” mahallasi aholisi har yili tumanda eng ko‘p pilla hosili yetishtirib, boshqa mahallalar aholisiga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.

Boyisi bu mahallaning Nurota tizma tog‘lari hududidagi qishloqlarida ko‘p yillik tut daraxtlari mavjud bo‘lib, ular aholi xonadonlariga biriktirib berilgan.

Aholining o‘zi ushbu biriktirilgan tut daraxtlarini oziqlantirib, parvarishlaydi. Bu yil ham “Uchma” mahallasida pillachilik ozuqa bazasini mustahkamlash borasida ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, pillachilik ozuqa bazasining asosini tut daraxtlari tashkil etadi. Shularni inobatga olib “Uchma” mahallasida aholi xonadonlari tomorqalariga, ariq bo‘ylariga hamda tut plantatsiyalari tashkil etish istagida bo‘lgan fuqarolarga ming tupdan ziyod tut ko‘chatlari bepul tarqatib berildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар