Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » UZUMCHILIK SERDAROMAD SOHAGA AYLANMOQDA

UZUMCHILIK SERDAROMAD SOHAGA AYLANMOQDA

14 август 2024 йил
36
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi “2023 – 2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-260-son qarori asosida Forish tumanida yangi uzumzorlar barpo etish, uzumchilik sohasini serdaromad sohaga aylantirish, har bir oila tomorqasida uzumzorlar mavjud bo‘lishini ta’minlash borasida izchil ishlar amalga oshirilyapti.

Forish tumani yerlari va iqlim sharoiti uzumchilikka mos. Yillar davomida chorva mollari boqib kelingan yerlar ayniqsa, mahalliy o‘g‘itga to‘yingan bo‘lib, unumdor yerlardir.

Forish tumani “Egizbuloq” mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan “Paradise Agro Culture Group” mas’uliyati cheklangan jamiyati a’zolari bundan uch yil muqaddam 70 gektar yerga tok ko‘chatlari ekishgandi. Ushbu tok ko‘chatlarini sug‘orish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etildi.

Bugungi kunda ekilgan tok ko‘chatlari voyaga yetib, hosilga kirdi. Pishib yetilgan uzumlar peshma-pesh ichki bozorga yetkazib berilmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар