Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISH UZUMZORLARINING SHUHRATI TIKLANMOQDA

FORISH UZUMZORLARINING SHUHRATI TIKLANMOQDA

10 август 2024 йил
76
0

Forishning qora kishmish uzumi va ushbu uzumdan tayyorlangan qora soyaki mayizlarining tengi yo‘q. Qora kishmish uzumlari shirinligi, tabiiy tozaligi bilan dovrug‘ taratgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi “2023 – 2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-260-sonli qarori qabul qilingandan keyin Forish tumanida uzumchilik sohasini yanada rivojlantirish, yangi uzumzorlar barpo etish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.

Forish tumani “Egizbuloq” mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor Kamol Xolmatov rahbarlik qilayotgan “Buyuk Javohir timsoli” mas’uliyati cheklangan jamiyati a’zolari Forishning qora kishmish uzumlarini yetishtirishni ko‘paytirish maqsadida yangi loyihaga qo‘l urib, 43,6 gektar yerda uzumzor barpo etishdi.

Toklarni sug‘orish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etildi. Yangi loyiha hisobiga 10 ta doimiy va 50 ta mavsumiy ish o‘rinlari yaratildi.

Bugungi kunda toklar hosilga kirib, uzum g‘arq pishgan. Pishib yetilgan uzumlar peshma-pesh ichki bozorga yo‘naltirilmoqda. Hosildorlik esa gektariga 45 sentnerdan yuqorini tashkil etayapti.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

UZUMCHILIK SERDAROMAD SOHAGA AYLANMOQDA
14 август 2024, Среда
UZUMCHILIK SERDAROMAD SOHAGA AYLANMOQDA
YANGI MAKTAB BINOSI BUNYOD ETILMOQDA
03 август 2024, Суббота
YANGI MAKTAB BINOSI BUNYOD ETILMOQDA
FORISH QOVUNLARI – XORIJGA
04 июль 2024, Четверг
FORISH QOVUNLARI – XORIJGA
MAHALLADA UZUMCHILIK RIVOJLANADI
30 март 2024, Суббота
MAHALLADA UZUMCHILIK RIVOJLANADI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар