Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISH TUMANIDA TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISHGA BAG‘ISHLANDI

FORISH TUMANIDA TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISHGA BAG‘ISHLANDI

20 ноябрь 2023 йил
97
0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 26 apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-son Qarori 4-bandida tajribali mutaxassislarni jalb qilgan holda turizm mutaxassislari uchun sifatli xizmat ko‘rsatishning ilg‘or usullarni tatbiq qilish maqsadida 2023 yil 18 noyabr kuni Jizzax viloyati Forish tumanida O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Jizzax va Sirdaryo viloyati hokimliklari bilan hamkorlikda “Forish-Arnasoy-Zomin turizm halqasi: Mehmonxona servisi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar-treningda Universitet prorektori R.Musurmanov, bo‘lim boshlig‘i H.Boymatov, professor-o‘qituvchilar A.Bababekov, A.Tulyayev, I.Murtozoyev, Sh.Fayziyeva, A.Mamadiyorov hamda Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklarining turizm sohasi mutasaddi rahbar-xodimlari va bir qator shu sohada faoliyat yuritayotgan turfirma raxbarlari, mehmonxona vakillari ishtirok etishdi.
Ikki tomonlama tasdiqlangan yo‘l xaritalarida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan o‘tkaziilgan seminar-treningda Jizzax viloyati Forish, Zomin, Arnasoy va Sirdaryo viloyati Xovos tumanlarining turizm halqasini rivojlantirish hamda mehmonxona servisi va bu boradagi innovatsion yondoshuvlarni tatbiq qilish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, Jizzax viloyati Forish, Arnasoy, Zomin va Sirdaryo viloyati Xovos tumanlari turizm sohasini rivojlantirishda tarixiy, madaniy va ma’naviy merosidan samarali foydalanish, mazkur maskanlarga tashrif buyuruvchi turistlar oqimini kuchaytirishda mehmonxona xizmati sifatini oshirish va umumiy ovqatlanish shoxobchalarida sifatli xizmat ko‘rsatishni yanada oshirish bo‘yicha ishlar kelishib olindi.
Seminarda Forish tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Abdumannon Saidxonov ishtirok etdi va tumanda turizm sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

SAMARQANDGA SAYOHAT
22 ноябрь 2023, Среда
SAMARQANDGA SAYOHAT
FORISHLIK NURONIYLAR BUXORO SHAHRIGA SAYOHAT QILISHDI
14 ноябрь 2023, Вторник
FORISHLIK NURONIYLAR BUXORO SHAHRIGA SAYOHAT QILISHDI
AHOLI MUROJAATLARI TINGLANDI
05 ноябрь 2023, Воскресенье
AHOLI MUROJAATLARI TINGLANDI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар