MAHALLA AHLINING MUROJAATLARI TINGLANDI
Forish tuman hokimi, 1-sektor rahbari Ikrom Matiyev aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularni hal etish maqsadida tumanning 1-sektor hududidagi “Uchma” mahallasida navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi.
Sayyor qabulda tumandagi bir qator korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari, “mahalla еttiligi” a’zolari ishtirok etishdi.
“Uchma” mahallasining Bolomon qishlog‘ida joylashgan 51-umumta’lim maktabida tashkil etilgan sayyor qabul aholi bilan samimiy muloqot tarzida kechdi.
Dastlab tuman hokimi “Mahalla yettiligi” bilan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda mahallada joylashgan umumta’lim maktablari direktorlari bilan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik yuzasidan suhbatlashdi.
Shundang so‘ng sayyor qabul boshlandi. Sayyor qabul avvalida tuman hokimi mahalla ahlidan avvalgi sayyor qabullarda bildirilgan murojaatlarning hal etilishini ko‘rib chiqdi va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida ushbu masala muhokama qilindi.
Shundan so‘ng tuman hokimi mahalla ahlining murojaatlarini tingladi. Aholi bilan samimiy muloqot tarzida tashkil etilgan sayyor qabulda aholi tomonidan elektr energiya, suyultirilgan gaz ta’minoti, moddiy yordam ko‘rsatish, tadbirkorlik boshlash uchun kredit olishda ko‘maklashish va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.
Ushbu murojaatlarning bir qismi tegishli tashkilotlar tomonidan joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilotlarga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.