Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH MAQSADIDA 1 GEKTARDAN YER AJRATIB BERILDI

YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH MAQSADIDA 1 GEKTARDAN YER AJRATIB BERILDI

01 май 2024 йил
127
0

Forish tumani 1-sektor hududidagi “Uchma” mahallasida vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan yoshlar bandligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

“Uchma” mahallasida Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda bir guruh vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan yoshlar yer ajratib berishni so‘rab murojaat qilishgan edi. Ular ajratilgan yerlarda dehqonchilik qilib, o‘zini o‘zi band qilib, oilalari farovonligini ta’minlash istagida ekanliklarini bildirishgan edi.

Sayyor qabulda yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlar ijobiy hal etilib, mahalla hududidan tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan yerlardan 20 nafar yoshlarga 1 gektardan dehqonchilik qilib, o‘zlarini o‘zlari band qilishlari uchun yer ajratib berildi.

Ayni kunda yerga ega bo‘lgan yoshlar tomonidan ajratib berilgan yerlarni shudgorlab ekin ekish ishlari olib borilmoqda. Ushbu yerlarga ekilgan ekinlarni sug‘orish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy etiladi. Bu borada ham tuman hokimligi yoshlarga ko‘mak bermoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

SAYYOR QABULDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
25 апрель 2024, Четверг
SAYYOR QABULDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
MAHALLADA MEHNAT YARMARKASI
28 март 2024, Четверг
MAHALLADA MEHNAT YARMARKASI
SAYYOR QABULDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
24 февраль 2024, Суббота
SAYYOR QABULDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар