Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISH TUMAN HOKIMI “UCHMA” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” BILAN MULOQOT QILDI

FORISH TUMAN HOKIMI “UCHMA” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” BILAN MULOQOT QILDI

17 апрель 2024 йил
76
0

Forish tuman hokimi 1-sektor rahbari Ikrom Matiyev 1-sektor hududidagi “Uchma” mahallasida bo‘lib, “mahalla yettiligi” bilan amalga oshiriladigan va oshirilayotgan ishlar yuzasidan muloqot qildi.

Muloqotda tuman hokimi Ikrom Matiyev “mahalla yettiligi” oldida turgan vazifalar, aholi muammolarini o‘rganib hal etib borish, ish bilan band bo‘lmagan aholini tomorqadan samarali foydalanib, bandligini ta’minlash, shu hisobdan oilalar daromadini oshirish, aholini, ayniqsa, vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirgan holda mahallada parrandachilik, asalarichilik, chorvachilik, issiqxonalar tashkil etish sohalarini yo‘lga qo‘yish lozimligi haqida to‘xtalib o‘tdi.Shuningdek, tuman hokimi aholi xonadonlariga Sayxunobod tajribasini keng joriy etgan holda sanoat usulida mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yish haqida ham to‘xtalib o‘tib, bu borada yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar haqida ham batafsil ma’lumotlar berdi.
Muloqot davomida “mahalla yettiligi” a’zolariga zarur tavsiya va topshiriqlar berildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар