Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » AHOLI MUAMMOLARI “XONADONBAY” O‘RGANILIB, HAL ETIB BORILMOQDA

AHOLI MUAMMOLARI “XONADONBAY” O‘RGANILIB, HAL ETIB BORILMOQDA

19 июль 2024 йил
97
0

Forish tumani 4-sektor hududidagi “O‘zbekiston” mahallasida “mahalla yettiligi” tomonidan “xonadonbay” yurish orqali aholi muammolari o‘rganib borilmoqda.

Bunda aholi o‘rtasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, tomorqadan samarali foydalangan holda ko‘proq daromad olish, farzandlar tarbiyasiga e’tibor qaratish, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda hamkorlikni mustahkamlash kabi masalalar bo‘yicha ham tushuntirishlar olib borilmoqda.

“Mahalla yettiligi” tomonidan “xonadonbay” yurish orqali o‘rganish olib borish davomida mahallada yashovchi bir necha xotin-qizlar tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, o‘zini o‘zi band qilgan holda daromad topish istagida ekanligi, ularga kredit olishda ko‘maklashish lozimligi yuzasidan murojaat qilishgan edi.

Mahallaga tayinlangan hokim yordamchisi tomonidan ushbu xotin-qizlar qo‘llab-quvvatlanib, o‘zlarini o‘zlari band qilishlari uchun ularga bankdan kredit olib berildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар