FORISH TUMANI HUDUDIDA SUV NASOSLARIDAN FOYDALANIB POLIZ VA BOSHQA QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARI YETISHTIRUVCHI FERMER XO‘JALIKLARI RAISLARI HAMDA QISHLOQ XO‘JALIK KORXONALARI RAHBARLARI DIQQATIGA!
Hurmatli Forish tumanida suv nasoslaridan foydalanib dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari raislari va qishloq xo‘jalik korxonalari rahbarlari!
Xabaringiz bor mamlakatimizda ishlab chiqarish korxonalarining ko‘payishi hisobiga elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Bu borada hukumatimiz tomonidan elektr energiyasidan tejab-tergab foydalanish, uning ortiqcha sarf bo‘lishining oldini olish borasida bir qator qarorlar qabul qilindi.
Hurmatli fermer xo‘jaliklari raislari va qishloq xo‘jalik korxonalari rahbarlari!
Sizlarga shuni eslatib o‘tmoqchimizki, 2024-yil uchun 1 kVts elektr energiyasi ulgurji iste’molchilar uchun 900 (to‘qqiz yuz) so‘m qilib belgilangan. Bundan tashqari bir oylik limit miqdorini 100 foiz to‘lamasa elektr energiyasi berilmaslik holatlari qat’iy belgilangan. Bu borada noqonuniy holatlar aniqlangan taqdirda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, o‘g‘irlik deb baholanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ma’muriy va jinoiy ishlar qo‘zg‘atilishi qat’iy nazoratga olingan.
Shularni inobatga olib, 2024-yilda faoliyat yuritadigan fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jalik korxonalari suv nasoslari egalari hosil bo‘lgan debitorlik qarzdorliklarini to‘liq to‘lab berishlarini hamda 2024-yilda faoliyat yuritishlari uchun 100 foiz oldindan to‘lovni amalga oshirishlarini so‘raymiz. Aks holda elektr energiyasi yetkazib berish ogohlantirishsiz to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.
Forish tuman elektr tarmoqlari korxonasi ma’muriyati.