Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

RASMIY MUNOSABAT

05 февраль 2024 йил
131
0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Fermerlarning Toshkentga yurishi: Klaster janobi oliylariga alangali salomlar!!! Jizzaxning Forish tumanidagi “Orion kapital” klasteri 108 ta chorvador fermerlarning haqli noroziligiga sababchilaridan biri bo‘lmoqda....” deb nomlangan xabar yuzasidan rasmiy munosabat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida pillachilik, qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6059-sonli farmoniga asosan Forish tumanidan 366 ming gektar yaylov yer maydonlari pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasiga o‘tkazib berilgan. Ipakchilik va qorako‘lchilik qo‘mitasi tomonidan 366 ming gektar yerning 290 ming gektarini “Orion kapital”ga, 54 ming gektarini esa “Al Fatx treyd” klasteriga 49 yilga ijaraga beradi.
Forish tuman hokimligida 2024-yil 19-yanvar kuni tuman hokimining o‘rinbosari K.Karimov, ipakchilik va jun sanoati qo‘mitasi raisi o‘rinbosari B.Tursunov, Respublika yaylovlardan foydalanuvchilar uyushmasi mas’ul xodimi O.Yulimov va fermerlar ishtirokida tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan chorvachilik fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari chorvachilik klasterlari o‘rtasidagi muammolarni bartaraf etish, ularning yechimini topish, qonun talablari asosida ishni shartnoma asosida tashkil etish to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tumandagi 400 dan ortiq chorvachilik sub’ektlariga ajratilgan yaylov yerlardan foydalanish samaradorligi o‘ta pastligi, yaylov degradasiyasiga yo‘l qo‘yilayotgani, yaylov yerlarida me’yordan ortiqcha chorva mollari boqilayotgani hisobiga qishlov mavsumiga chorva mollari nochor holga kirishi, chorva mollari chiqimiga yo‘l qo‘yilayotgani, sub’ektlar tomonidan yangi texnologiyalar joriy etilmayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, ipakchilik va jun sanoati qo‘mitasi raisi o‘rinbosari B.Tursunov, Respublika yaylovdan foydalanuvchilar uyushmasi mas’ul xodimi O.Yulimov chorvachilik klasteri tashkil etilganiga ko‘p vaqt bo‘lmagani, hali chorva klasteri iqtisodiy jihatdan barqaror emasligi, ular oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘liq amalga oshirish uchun hududda faoliyat yuritayotgan chorvachilik sub’ektlari shartnoma asosida yaylov uchun to‘lovlarni, a’zolik badallarini to‘lashlari, shu orqali yangi loyihalar, ilg‘or texnologiyalarni joriy etib, iqtisodiy samara olishlari, jun va teri mahsulotlarini kelishilgan narxlarda sotib olishi va bundan har ikki tomon ham iqtisodiy samara ko‘rishini ta’kidlashib, ijara shartnomalarini tezroq rasmiylashtirish yuzasidan tavsiyalar berishdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар